Author
Abstract
Joriy yil 11-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yo‘nalish mamlakatimizda 2020 yilda boshlangan edi. O‘shanda 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmagan. O‘tgan yillarda 3,5 million odamning daromadini oshirish orqali 2023-yil yakuni bilan kambag‘allik darajasi 11 foizga tushdi. Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra kengaytirilib, o‘tgan yili 12,3 trillion so‘m yo‘naltirildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paytirildi. Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berildi. Mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so‘m ajratildi. Shuningdek, 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik qilib, daromad topishi uchun tarqatildi. Yana bir misol – 2020-yildan buyon 3 milliondan 5 million so‘mgacha oylik oladigan ishchilar soni 2 barobar, 5 milliondan 7 million so‘mgacha oladigan ishchilar soni esa 3 barobar oshdi. Bularning natijasida kambag‘allik darajasi yiliga o‘rtacha 3 foizga kamayib borayapti. Bugungi kunda korxonalarda 250 mingta vakant bor. Lekin, kambag‘al oilalarning 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma yetishmaydi. Yana ayrimlari surunkali kasalliklar tufayli tayinli ishlay olmayapti. Kambag‘al oilalarning 83 foizida tomorqa bor, lekin suv, elektr va yo‘l bilan bog‘liq muammolar qiyinchilik tug‘dirayapti. Bugun yurtimizda kamida 50 ta ish o‘rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor. Ularning rejalari qo‘llab-quvvatlansa, faoliyatini kengaytirib, yana ishchi olishi mumkin. Masalan, Andijon viloyatidagi 58 ta parranda korxonasi tuxum yetishtirishga 10 ming ehtiyojmand aholini jalb qilish, 660 ta baliq xo‘jaligi kooperatsiya orqali yana shuncha ish joyi yaratish tashabbusini bildirgan. Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish va boshqa hududlarda ham kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endi 2024-2025 yillarda odamlar o‘zini o‘zi band qilishi, kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi. – Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi. Hukumatdan tortib, tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bo‘lishi kerak. Bu borada nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari, viloyat va tuman hokimlari axborot berdi. Kambag‘al oilalar uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mas’ullarning bu boradagi ishlarini muhokama qilib, muammolarni hal etib borish yuzasidan vazifalar belgilandi. Prezidentimizning kambag‘allikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlari va bu boradagi yutuqlar O‘zbekistonning ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir. 2020 yildan beri amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kambag‘allik darajasi sezilarli darajada pasaygani, millionlab yurtdoshlarimizning turmush sharoiti yaxshilangani quvonarli holatdir. Ijtimoiy himoya tizimini kengaytirish, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, kambag‘al oilalarga yordam berish uchun ajratilayotgan mablag‘larni samarali yo‘naltirish kabi chora-tadbirlar xalqimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yaqqol isbotidir.
Suggested Citation
Asqarjon Samadov, 2024.
"Kambag‘allikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlar: O‘zbekistonning ravnaqi uchun muhim qadam,"
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, September.
Handle:
RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2855
Download full text from publisher
Corrections
All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2855. See general information about how to correct material in RePEc.
If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.
We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .
If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.
For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .
Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through
the various RePEc services.