IDEAS home Printed from https://ideas.repec.org/a/teu/ged000/y2024id2834.html

Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz

Author

Listed:
  • Aziza Valiyeva

Abstract

Energoresurslardan tejamkorlik bilan foydalanish — davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon dastlabki qadamni tashlagan bo‘lasiz. Ish joyi va uy binosi xonalarini ko‘proq tabiiy yorug‘likdan (quyosh nuridan) foydalangan holda yoritishga harakat qilish ortidan ikkinchi qadamni bosasiz. Ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz — energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatib, uchinchi qadamni tashlashga muyassar bo‘lasiz. Zero, dono xalqimizda “Dengiz sohilida tahorat olgan bo‘lsang ham suvni keragidan ortig‘ini ishlatma”, degan ibratli naql bor. Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyatsiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish — energiya samaradorligi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish — energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki interyerini jihozlash, uni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish (bino-inshootlardan foydalanish) me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha — iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.Energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmog‘ida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnik-muhandislik tadbirlari olib boriladi. Shartli ravishda, elektr energetika sohasida texnologik sarflarni (yo‘qotishlarni) kamaytirish ham samarali ish koeffitsiyentining yorqin namunasi. Misol uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar va 11 650 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlarida bu ko‘rsatkich belgilangan me’yordan kamaytirilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib bormoqda. Bu o‘rinda ekspluatatsiya jarayonlarini to‘g‘ri bajarish muhim sanaladi. Har bir podstansiya yoki ma’muriy binolarda o‘z ehtiyoji uchun foydalaniladigan elektr energiyasi miqdorini ham kamaytirish — soha mutaxassislari oldiga Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri sanaladi. Elektr obyektlarida xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasi sarfini kamaytirish uchun ma’muriy binolar tomiga quyosh panellari va quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilmoqda. Energiya tejamkorligi va samaradorligi oddiy, ko‘z ilg‘amas mayda tushunchalar yig‘indisi orqali shakllangani bilan energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes obyektlariga zamonaviy, raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan — energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar. Dastavval cho‘g‘lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko‘p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi. Bino-inshootlarning isitish tizimi tomonidan elektr energetika zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish, pirovardida bundan voz kechishga erishish eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Keyingi paytlarda energiyani tejash butun dunyoda ham xalqaro, ham davlat siyosatining asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Biz iste’molchi sifatida o‘z haq-huquqlarimizdan to‘liq foydalanishni istar ekanmiz, iste’molchi sifatida, mamlakat fuqarosi, shu aziz tuproqning bir farzandi sifatida energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha o‘z vazifa-majburiyatlarimizni ham ado etishimiz shart.

Suggested Citation

  • Aziza Valiyeva, 2024. "Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz," GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, September.
  • Handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2834
    as

    Download full text from publisher

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834
    File Function: Abstract page
    Download Restriction: no
    ---><---

    More about this item

    Statistics

    Access and download statistics

    Corrections

    All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2834. See general information about how to correct material in RePEc.

    If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.

    We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .

    If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.

    For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .

    Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through the various RePEc services.

    IDEAS is a RePEc service. RePEc uses bibliographic data supplied by the respective publishers.