IDEAS home Printed from https://ideas.repec.org/a/teu/ged000/y2024id2810.html

Islomiy moliyaviy amaliyotlarning kelajagini shakllantirishda ma'naviyatning o‘rni

Author

Listed:
  • Nasiba Sattorova

Abstract

O‘zbekistonning iqtisodiy tizimi va moliyaviy bozorlarida islomiy moliyaviy amaliyotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yo‘nalishdagi yangi imkoniyatlar nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki ma’naviy jihatdan ham ahamiyatlidir. Islomiy moliyaviy amaliyotlar O‘zbekistonning zamonaviy moliya tizimida jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu moliyaviy faoliyatda halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga asoslanadi. Bu esa aholining keng qatlamlari orasida ijobiy qabul qilinmoqda. Moliyaviy muassasalar, banklar va investorlar O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan islomiy moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarni taklif qilmoqda. Islomiy moliya tizimi foyda olishni ko‘zlaydi, ammo shu bilan birga foiz va boshqa noqonuniy amaliyotlardan voz kechishni talab qiladi. Bu esa nafaqat diniy e'tiqodlarga sodiq bo‘lgan kishilar uchun, balki adolatli va shaffof moliyaviy tizimga intilayotgan jamiyat uchun ham jozibador bo‘lib qolmoqda. Islomiy moliyaviy amaliyotlarning asosiy xususiyati shundaki, u ma'naviy qadriyatlarni asos qilib oladi. Shariatga asoslangan bu tizimda moliyaviy muomalalar halollik, adolat va axloqiy qadriyatlarga muvofiq olib boriladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda islomiy moliya tizimiga bo‘lgan qiziqish kuchaymoqda, bu esa jamiyatda ma'naviyatning ahamiyatini oshirganligini ko‘rsatmoqda. Ko‘plab tahlilchilar islomiy moliya tizimi orqali investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlamoqda. O‘zbekiston hukumati tomonidan islomiy moliyaviy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Islom Taraqqiyot Banki kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlab, ushbu sohada qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Ushbu tashabbuslar ma'naviyat va moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan. O‘zbekistonda islomiy moliyaviy mahsulotlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshmoqda. Mamlakatda aholining aksariyat qismi musulmonlardan iborat bo‘lib, ular uchun diniy e'tiqodlarga mos keladigan moliyaviy mahsulot va xizmatlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, islomiy moliyaviy institutlar O‘zbekiston bozoriga kirib, o‘z xizmatlarini taklif qilishi bilan aholining keng qatlami uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Shuningdek, islomiy moliyaviy amaliyotlar kichik va o‘rta biznes subyektlariga ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu ayniqsa tadbirkorlar uchun katta ahamiyatga ega, chunki ular investitsiyalarni jalb qilishda yangi usullarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Islomiy moliyaviy amaliyotlarning yana bir afzalligi shundaki, ular iqtisodiy inqirozlardan ko‘proq himoyalangan bo‘lib, global moliyaviy bozorlar o‘zgarishlariga nisbatan barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Islomiy moliyaviy amaliyotlarning kelajagi O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Bu tizimning rivojlanishi mamlakatning moliyaviy sektorida adolat, shaffoflik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Islomiy moliya tizimi orqali amalga oshiriladigan loyihalar nafaqat iqtisodiy rivojlanish uchun, balki jamiyatning ma'naviy qadriyatlarini mustahkamlash uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kelgusida islomiy moliyaviy amaliyotlarning O‘zbekistondagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi islomiy moliyaviy mahsulotlarni joriy etish lozim bo‘ladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va aholini yanada moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam beradi. Islomiy moliyaviy amaliyotlar va ma'naviyatning o‘zaro bog‘liqligi O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davrni boshlab beradi, bu esa mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Suggested Citation

  • Nasiba Sattorova, 2024. "Islomiy moliyaviy amaliyotlarning kelajagini shakllantirishda ma'naviyatning o‘rni," GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, September.
  • Handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2810
    as

    Download full text from publisher

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2810
    File Function: Abstract page
    Download Restriction: no
    ---><---

    More about this item

    Statistics

    Access and download statistics

    Corrections

    All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2810. See general information about how to correct material in RePEc.

    If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.

    We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .

    If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.

    For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .

    Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through the various RePEc services.

    IDEAS is a RePEc service. RePEc uses bibliographic data supplied by the respective publishers.