IDEAS home Printed from https://ideas.repec.org/a/teu/ged000/y2024id2788.html

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri

Author

Listed:
  • Nafosat Sharopova

Abstract

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan izchil oʻtkazib kelayotgan ochiq muloqotlari Hukumat va biznes munosabatlarining yangi davrini boshlab berdi. Shaffof va natijadorlikka yoʻnaltirilgan muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad ‒ tadbirkorlik sohasini tubdan isloh qilish, ayniqsa, tadbirkorlarning faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va samarali hal etishdan iborat. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot konsepsiyasi oʻtmishdagi amaliyotdan farq qilgan holda, muloqot uchun toʻgʻridan-toʻgʻri kanal yaratish orqali Hukumat kichik biznesdan tortib, yirik korporatsiyalargacha boʻlgan barcha darajadagi biznes egalarini tinglashga qaratildi. Bu uchrashuvlar shunchaki tashkil etilmadi, balki unda yurtimiz tadbirkorlari oʻz muammolarini aytishlari yoki mavzu doirasida oʻzlarining tajribalari bilan oʻrtoqlashishlari, shuningdek, kundalik faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarga yechimlarni ham taklif etishlari mumkin boʻladi. Bu kabi uchrashuvlar davalat va biznes egalari uchun manfaatli uchrashuv platformasiga aylanib ulgurdi. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot har gal qaysidir bir sohani rivojlanitirishga bagʻishlanadi va unga shu sohada faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar taklif etiladi. Mazkur ochiq muloqot koʻpgina tadbirkorlar uchun byurokratik qogʻozbozlikdan tortib, moliyalashtirishdagi qiyinchiliklargacha boʻlgan muammolarni hal qilish uchun muhim imkoniyatga aylandi. Prezidentimiz uchrashuvlarda tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy oʻsishiga taʼsir qiluvchi omil ekanligini doim taʼkidlab kelmoqda. Hukumatning pozitsiyasi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish orqali xususiy sektorning oʻsishiga koʻmaklashish va yanada rivojlantirishdir. Buni ushbu uchrashuvlardan keyin amalga oshirilayotgan sohaga doir siyosiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, ayniqsa, byurokratik toʻsiqlarni olib tashlash va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni joriy etishda yaqqol koʻrish mumkin. Qolaversa, bu oʻzaro hamkorlik Hukumat va ishbilarmon doiralar oʻrtasida ishonch hissini uygʻotadi. Tadbirkorlar endi ularning ovozi eshitilayotganini, mehnatlari qadrlanayotganini his qilmoqdalar. Bu esa kelajakda biznes egalarining innovatsion gʻoyalarni yaratish va yangi tashubbuslar bilan chiqishga undaydi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan izchil oʻtkazilayotgan uchrashuvlari Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotining yangi davrini boshlab berdi. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot shunchaki muhokama maydoni emas, balki Oʻzbekiston ishbilarmonlik muhitini qayta shakllantirishga tayyor boʻlgan istiqbolli tashabbusdir. Ulkan islohotlardagi mazkur tashabbus halol va konstruktiv suhbatlar uchun imkon yaratib, oʻzaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirdi. Bu kabi ochiq muloqotlarning oʻtkazilishi Oʻzbekiston biznes subyektlariga yuqori taʼsir koʻrsatib, u nafaqat istiqbolli islohotlarga, balki tadbirkorlar oʻrtasida Hukumatga boʻlgan ishonch va vatanparvarlik hissini yanada oshishiga olib keladi.

Suggested Citation

  • Nafosat Sharopova, 2024. "Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri," GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, September.
  • Handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2788
    as

    Download full text from publisher

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788
    File Function: Abstract page
    Download Restriction: no
    ---><---

    More about this item

    Statistics

    Access and download statistics

    Corrections

    All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:y:2024:id:2788. See general information about how to correct material in RePEc.

    If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.

    We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .

    If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.

    For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .

    Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through the various RePEc services.

    IDEAS is a RePEc service. RePEc uses bibliographic data supplied by the respective publishers.