IDEAS home Printed from https://ideas.repec.org/a/teu/ged000/v3y2025i1id4389.html

“Yashil” obligatsiyalar va investitsiyalar-“yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy manbalari

Author

Listed:
  • To‘xtabek Raximov
  • Bobur Sharipbayev

Abstract

Ushbu maqola yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy vositalarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi.Asosiy e’tibor yashil obligatsiyalar va yashil investitsiyalarga qaratilib, ularning atrof-muhitga ta’siri, iqtisodiy barqarorliknita’minlashdagi roli va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. Maqolada “yashil” obligatsiyalarbozori, ularning xususiyatlari va global tajribalar misolida muhokama qilinadi. Shuningdek, “yashil” investitsiyalar orqalibarqaror energetika, ekologik infratuzilma va tabiiy resurslarni boshqarish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarningijtimoiy-iqtisodiy foydalari ko‘rib chiqiladi. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdagi muhim masalalardan biri ushbu jarayonnimoliyalashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda “yashil” yoki “ekologik” moliya atamasining umumqabul qilingan ta’rifimavjud emas. Birinchidan “yashil iqtisodiyot”ga oid aksariyat adabiyotlarda “yashil moliyalashtirish” tushunchasigata’rif berilmagan, ikkinchidan, mavjud kam sonli ta’riflar mazmunan bir-biridan keskin farq qiladi. Ushbu tadqiqot yashilmoliyalashtirish bo‘yicha samarali strategiyalarni shakllantirish va kelajakda barqaror rivojlanishni ta’minlashda foydalibo‘lishi mumkin. Moliya bozorlari “yashil moliyalashtirish”ning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”sohasida turli tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar “yashil moliyalashtirish” tushunchasiningmohiyatini ochib berishga harakat qilishgan. Jumladan, Bloomberg New Energy Finance kompaniyasi mutaxasislari “yashilmoliya”lar “yashil investitsiyalar” bilan bir qatorda qo‘llaniladi, ammo amaliyotda “yashil moliyalashtirish” investitsiyalarganisbatan kengroq tushuncha sifatida ishlatiladi, deb hisoblashadi. Pricewaterhouse Coopers Consultants konsaltingkompaniyasi mutaxassislari tomonidan berilgan ta’rif esa “yashil moliyalashtirish”ni bank sektori nuqtai nazaridantavsiflashga asoslanadi. Ularning fikricha, bank sohasi uchun “yashil moliyalashtirish” ekologik omillarni hisobga oluvchimoliyaviy mahsulot hisoblanadi va ushbu tamoyilga kredit berish jarayonidan boshlab to kredit yopilish oralig‘idagibarcha jarayonlarda amal qilinadi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, “yashil iqtisodiyot”ni moliyalashtirishga bo‘lganehtiyojni qondirish imkoniyatlari mavjud. Barcha “yashil loyihalar” jiddiy moliyalashtirishni talab etadi. “Yashil loyihalar”nian’anaviy usullar yordamida moliyalashtirishda risk darajasi yuqoriligi sabab ular investitsiya nuqtai nazaridan jozibadorhisoblanmaydi. Moliya, bank va sug‘urta investitsiyalari “yashil iqtsodiyot”ga sarflanayotgan xususiy investitsiyalarningmuhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Mikromoliyalashtirish esa qishloq xo‘jaligi darajasida muhim o‘rin egallashi mumkin.U past daromadli aholiga o‘z mablag‘larini resurslar va energiyani tejashga joriy qilish hamda ushbu faoliyatning riskdarajasini pasaytirish imkonini beradi.

Suggested Citation

  • To‘xtabek Raximov & Bobur Sharipbayev, 2025. "“Yashil” obligatsiyalar va investitsiyalar-“yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy manbalari," GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, vol. 3(1), January.
  • Handle: RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:1:id:4389
    DOI: 10.5281/zenodo.14846208
    as

    Download full text from publisher

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/4389
    File Function: Abstract page
    Download Restriction: no

    File URL: https://libkey.io/10.5281/zenodo.14846208?utm_source=ideas
    LibKey link: if access is restricted and if your library uses this service, LibKey will redirect you to where you can use your library subscription to access this item
    ---><---

    More about this item

    Keywords

    ;
    ;
    ;
    ;
    ;
    ;
    ;
    ;
    ;

    Statistics

    Access and download statistics

    Corrections

    All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:1:id:4389. See general information about how to correct material in RePEc.

    If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.

    We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .

    If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.

    For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .

    Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through the various RePEc services.

    IDEAS is a RePEc service. RePEc uses bibliographic data supplied by the respective publishers.