IDEAS home Printed from https://ideas.repec.org/a/teu/ged000/v2y2024i2id954.html

Ilm-fanga baxshida umr

Author

Listed:
  • Baxtiyor Islamov

Abstract

Nabi Saidkarimovich Ziyadullayev Hurmatli Nabi Saidkarimovich!Sizni o‘zim nomimdan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoa a’zolari nomidan sharafli 80 yillikyubileyingiz munosabati bilan samimiy tabriklayman!Sizni mintaqa va jahon iqtisodiyoti, shuningdek, milliy iqtisodiyotni boshqarishni modellashtirish sohasidagitaniqli iqtisodchi olim sifatida nafaqat O‘zbekistonda, balki yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda ham judayaxshi qadrlashadi. Sizning ko‘p sonli kitoblaringiz va ilmiy maqolalaringiz samarasi o‘laroq, yetuk iqtisodchi-olimlarningko‘p sonli avlodlari yetishib chiqdi.Siz, Vatanimiz O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ulkan hissa qo‘shgan taniqli akademik Said-Karim Ziyadullayev oilasida tug‘ilganganingiz, akademik Vosil Qobilovich Qobilov yaratgan katta maktabni o‘taganligingiz,sharafli o‘zbek akademik fani an’analarini to‘g‘ridan to‘g‘ri davom ettiruvchisi bo‘lib shakllanishingizdamuhim asos bo‘lib xizmat qildi.Biz shu bilan faxrlanamizki, 1965-yilda Siz, Nabi Saidkarimovich, bizning Toshkent xalq xo‘jaligi institutimizniimtiyozli diplom bilan tamomladingiz va u yerda, 1968-yilda iqtisod fanlari nomzodi bo‘ldingiz. 1975-yilda esa“O‘zbekiston yengil sanoati rivojlanishini optimallashtirishning hududiy muammolari” mavzusida iqtisod fanlaridoktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildingiz. 1978-yilda professorlik ilmiyunvoni va o‘sha yili fan va texnika sohasida laureatlarni qo‘lga kiritdingiz. O‘zbekistondagi eng yosh fan doktorlariva professorlaridan biri sifatida labaratoriya mudiri, O‘zFA HM kibernetika institutining fan bo‘yicha direktorio‘rinbosari, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi TDIU)ning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, “O‘zbekyengilsanoat”davlat assotsiatsiyasi Ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori lavozimlarida faol ish olibbordingiz, 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi FAning korrespondent-a’zosi etib saylandingiz.1995-yilda akademik S.S.Shatalin taklifiga binoan Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro fondiga ishga o‘tib,u yerda 1997-2005-yillar oralig‘ida vitse-prezident lavozimida ishladingiz. Shundan so‘ng, RFA istiqbolli ilmiytadqiqotlari instituti va Bozor muammolari institutining bosh ilmiy xodimi, 2013-2016-yillarda esa RFA IPRningfan bo‘yicha direktori o‘rinbosari lavozimlarida o‘z mehnat faoliyatingizni davom ettirdingiz. 2008-yildan e’tiboranYevrosiyo Iqtisodiy integratsiyasi RFA ilmiy Kengashining a’zosi, 2021-yildan esa akademik S.Yu. Glazevbilan hamkorlikda Markaziy Osiyo komissiyasining ijrochi rasi bo‘ldingiz. Shuningdek, “Markaziy Osiyo iqtisodiyoti”jurnalining Bosh muharriri hamdirsiz.Siz tomoningizdan O‘zbekistonda 7 ta fan doktorlari (O.Yu. Rashidov, S.S. Gulyamov, A.V. Serbulov, Sh.M.Kamilov, A.U. Abduraximov, Sh.A. Alimov, V.P. Ovcharenko) va 50 ta fan nomzodlari tayyorlandi. Sa’y-harakatlaringizbilan qariyb 400 ta ilmiy ishlar, shu jumladan, 24 ta hammualliflikdagi va yakka mualliflikdagi monografiyalarchop etilgan1.So‘nggi 30 yildan ortiqroq vaqt davomida Siz, Nabi Saidkarimovich, sobiq sovet davlatlari iqtisodiy transformatsiyasijarayonini tadqiq etish hamda yangi mustaqil davlatlar suveren rivojlanishi amaliyotini tahlil qilishasosida o‘tish davri iqtisodiyoti nazariyalarini shakllantirishning ilmiy asoslarini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqdasiz.Ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining istiqbollari vastrategiyalari, tizimli transformatsiyasi va zamonaviy holatining o‘ziga xos jihatlarini xolis va har tomonlamatahlil etayotganingiz yanada qiziqish uyg‘otadi.Siz, Nabi Saidkarimovich, ilmiy-tashkiliy hamda ijtimoiy ishlarda ham bevosita qatnashish hamda yaqindanhamkorlik qilishda davom etmoqdasiz. Yirik ilmiy tadbirlarning, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidabo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsionfaollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi I-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning hamtashkilotchisidirsiz.Bundan tashqari, 2017-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Rossiya Federatsiyasining yetakchiakademik hamda o‘quv muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatishda ilmiy-uslubiy hamda tashkiliy yordamlarnio‘z vaqtida ko‘rsatib kelmoqdasiz.Iqtisodiy fanning rivojlanishi hamda rus-o‘zbek ilmiy aloqalarini chuqurlashtirishga qo‘shgan ulkan hissangizniinobatga olgan holda, Sizga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2018-yil 26-martdagi Farmoni bilan“Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni va shuningdek, O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2022-yil 29-avgustdagi Farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganingiz bejiz emas,albatta.Ushbu tantanali vaziyatdan foydalangan holda Sizga, hurmatli Nabi Saidkarimovich, mustahkam sog‘lik,oilaviy baxtu saodat yor bo‘lishini tilab qolamiz!Umringiz uzoq bo‘lsin va Sizning chashmadek ilmingiz, ko‘lamli bilimlaringiz yana ko‘p yillar davomidaiqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qilsin!Hurmat bilan, Baxtiyor IslamovIqtisod fanlari doktori, professor

Suggested Citation

  • Baxtiyor Islamov, 2024. "Ilm-fanga baxshida umr," GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics, vol. 2(2), February.
  • Handle: RePEc:teu:ged000:v:2:y:2024:i:2:id:954
    as

    Download full text from publisher

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/954
    File Function: Abstract page
    Download Restriction: no

    File URL: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/download/954/969
    File Function: Full text
    Download Restriction: no
    ---><---

    More about this item

    Statistics

    Access and download statistics

    Corrections

    All material on this site has been provided by the respective publishers and authors. You can help correct errors and omissions. When requesting a correction, please mention this item's handle: RePEc:teu:ged000:v:2:y:2024:i:2:id:954. See general information about how to correct material in RePEc.

    If you have authored this item and are not yet registered with RePEc, we encourage you to do it here. This allows to link your profile to this item. It also allows you to accept potential citations to this item that we are uncertain about.

    We have no bibliographic references for this item. You can help adding them by using this form .

    If you know of missing items citing this one, you can help us creating those links by adding the relevant references in the same way as above, for each refering item. If you are a registered author of this item, you may also want to check the "citations" tab in your RePEc Author Service profile, as there may be some citations waiting for confirmation.

    For technical questions regarding this item, or to correct its authors, title, abstract, bibliographic or download information, contact: Xayrulla (email available below). General contact details of provider: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED .

    Please note that corrections may take a couple of weeks to filter through the various RePEc services.

    IDEAS is a RePEc service. RePEc uses bibliographic data supplied by the respective publishers.